
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
Uchkuprik_akm@natlib.uz
+998903437118


Asosiy
Kutubxona nizomi
Uchko‘prik tumani
axborot-kutubxona markazining
I. Umumiy qoidalar
1. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona
markazi hududida milliy va jahon
madaniyatini, fan, ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida aholiga
axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi universal
axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
2. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) Alisher
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi o‘rinlarda-Milliy
kutubxona) tizimidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi (keyingi
o‘rinlarda - Hududiy axborot-kutubxona markazi) tasarrufidadir.
3. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boshqa qonun hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va
ko‘rsatmalariga, Milliy kutubxonaning buyruqlari, ko‘rsatmalariga, viloyat
axborot-kutubxona markazining buyruqlari, ko‘rsatmalariga hamda ushbu Nizomga
amal qiladi.
4. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi hududdagi barcha
tashkilot va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari uchun metodik markaz
hisoblanadi.
5. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi
hududdagi axborot-kutubxona muassasalari, O‘zbekiston Respublikasining
ilmiy-ta’limiy muassasalari bilan axborot-kutubxona aloqalarini rivojlantiradi
va ularning faoliyatiga oid hisobotlar, statistik va boshqa sohaga oid
ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda Hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim
etadi.
6. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona
markazining axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
7. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi
axborot-kutubxona fondini to‘ldirish axborot-kutubxona resurslarini sotib olish
va davriy nashrlarga obuna bo‘lish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
beg`araz (sovg‘a) beriladigan axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish hamda
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan axborot-kutubxona resurslarini
ayirboshlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi fondida saqlanib
kelinayotgan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar milliy madaniy qadriyatlar
hisoblanib, moddiy madaniy meros ob’yekti sifatida saqlanishi zarur.
9. Uchko‘prik tumani axborot-kutubxona markazi yuridik shaxs
hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi
yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga va g‘aznachilik
bo‘limlarida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
10. Axborot-kutubxona markazining to‘liq nomi:
Uchko‘prik tumani axborot-kutubxona
markazi
11. Uchko‘prik
tumani axborot-kutubxona markazining
yuridik manzili: Uchko‘prik tumani ,Navro‘z shohko‘chasi, 13-uy.
II. Uchko‘prik tumani
axborot-kutubxona markazinnng asosiy vazifalari
12. Quyidagilar
Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona
markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlarni olish
manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida
aholini, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy
ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng
axborot-resurslar bazasini yaratish;
milliy
madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O‘zbekiston
xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko‘maklashish;
hududdagi
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga
rahbarlik qilish;
hududda faoliyat
yuritayotgan axborot-kutubxona muassasalari va kutubxonalarga metodik yordam
ko‘rsatish, ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o‘zaro
almashish, foydalanish borasida hamkorlik qilish;
elektron
axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va
ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona
faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
axborot-kutubxona
resurslaridan masofadan foydalanishni tashkil etish, Milliy kutubxona va
hududiy axborot-kutubxona markazi axborot-resurslarining ma’lumotlar bazasiga
ulangan holda tuman (shahar) yig‘ma elektron katalogini hamda elektron
axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;
axborot-kutubxona
fondini tizimli to‘ldirib borish, nashrlarning bibliografik yozuvini yuritish;
O‘zbekiston
matbuot solnomasini tuzish uchun hududdagi nashrlar hisobini
olib borish va
hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etish;
Agentlikning
Hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish,
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini
amalga oshirish;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazining
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida zamonaviy
xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazi
kitobxonlarga haftaning dushanba,
seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari , soat 8-00 dan 17-00 gacha va 9-00 dan 18-00
gacha xizmat ko‘rsatadi.
III. Uchko‘prik tuman
axborot-kutubxona markazining asosiy funksiyalari
13. Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazi o‘ziga
yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazi
hududdagi boshqa axborot-kutubxona muassasalaridan sohani takomillashtirish
masalalari bo‘yicha takliflar, statistik va boshqa faoliyatga oid ma’lumotlarni
so‘rab olish, umumlashtirilgan holda Hududiy axborot-kutubxona markaziga
belgilangan muddatda taqdim etish;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazining
axborot-kutubxona fondini milliy va xorijiy nashrlar bilan to‘ldirib borish;
zamonaviy yuqori
samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda
foydalanuvchilarni kutubxona fondlariga oid axborotlarni olishga bo‘lgan
ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng
axborot-resurslar bazasini yaratish;
axborot-kutubxona
sohasida ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarini joriy qilish orqali
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shakllari va uslublarini
takomillashtirish, yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy qilish;
Agentlikning
hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda
ishtirok etish;
Uchko‘prik tuman
axborot-kutubxona markazi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining
yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona
muassasalarining masofadan turib foydalanishini ta’minlash;
Hududdagi
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish, hudud aholisiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan
zamonaviy shakl va uslublarni joriy qilish;
kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini, shu jumladan
kitob taqdimoti, kitob ko‘rgazmalari, davra suhbati,
xotira kechasi,
ijodiy uchrashuv, adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazishni tizimli va samarali
tashkil etish;
kitobxonlar,
kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida sohaga oid ko‘rik-tanlovlarini
tashkil qilishda ishtirok etish;
Markazning rasmiy
veb-sayti orqali hududdagi axborot-kutubxona muassasalari tomonidan amalga
oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni, sohada amalga oshirilayotgan
yangiliklarni keng yoritib borish;
foydalanuvchilarga
qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha xizmatlar turlarini, shu jumladan,
axborot-resurslarini qidirish, materiallarni tarjima qilish, til, kompyuter va
shu kabi o‘quv kurslari, skanerlash, chop etish kabi xizmatlarni ko‘rsatish
bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda pullik xizmatlar ro‘yxati va ireyskurantlarini
ishlab chiqish va Hududiy axborot-kutubxona markazi bilan kelishilgan holda
joriy qilish;
imkoniyati
cheklangan foydalanuvchilarga ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona
xizmatlarini ko‘rsatish;
belgilangan
standartlar asosida axborot-kutubxona resurslarining elektron katalogini
shakllantirish va yuritish;
bosma nashrlarni,
hududlarda chop etilgan nashrlarning majburiy nusxasini,audio va video
materiallarni, boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna bo‘lish,
almashtirish va bepul olish yo‘li bilan axborot-kutubxona fondini komplektlash;
axborot-kutubxona
fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni
o‘rnatilgan tartibda yuritish;
barcha turdagi
axborot-kutubxona resurslarining, jumladan o‘lkada chop etilgan nashrlarning
hisobini olib borish;
axborot-kutubxona
fondini saqlash, elektron resurslarning axborot xavfsizligi masalalarini
ta’minlash bo‘yicha o‘rnatilgan me’yorlar asosida ishlarni yuritish;
xorijiy
axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlarining ilg‘or ish
tajribalari bilan tanishish, mahalliy va xalqaro miqyosdagi kutubxona
sohasidagi anjumanlarda ishtirok etish;
zamonaviy
axborot-texnologiyalar va mahalliy sharoitdan kelib chiqib, joylarda
axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislarini
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda
tajriba orttirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazining
moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, bino
va inshootlardan unumli foydalanish, aholiga axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatishda shart-sharoitlarni yaxshilash buyicha aniq takliflar berish;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazi
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan boshqa sohaviy funksiyalarni amalga
oshiradi.
IV. Hududiy axborot-kutubxoia markazining huquqlari va
javobgarligi
14. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazn quyidagi
huquqlarga ega:O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati
to‘g‘risida"gi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq hududida zamonaviy yuqori
samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini qo‘llagan holda qulay
shart-sharoitlar yaratish, mavjud keng axborot-resurslar bazasidan foydalanib,
aholiga axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazi
hududdagi axborot-kutubxona muassasalaridan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi,
sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumot, materiallarni so‘rab olish;
hududdagi
Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona
markazlarining yillik ish rejalarini tasdiqlash va ularning ijrosi bo‘yicha
hisobotlarini olish;
hudud aholisiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini oshirish, doimiy
takomillashtirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
axborot-kutubxona
fondini tizimli to‘ldirib borish, jumladan, fondinidepozitar fondlar, sotib
olish, homiylik va aholi tomonidan beg‘araz sovg‘a sifatida taqdim etiladigan
kitoblar hisobiga boyitib borish;
agentlikning
hududiy boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot
vositalari bilan birgalikda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirishga doir targ‘ibot ishlarida ishtirok etish, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar
tashkil etish;
axborot-kutubxona
fondining elektron nashrlar bazasini yaratish,foydalanuvchilarga interaktiv
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish;
axborot
resurslarini qidirish, maslahat berish, materiallarni tarjima qilish,
skanerlash, chop etish kabi qo‘shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik
xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan preyskurant orqali joriy qilish;
axborot-kutubxona
fondlarini va boshqa axborot-resurslarini saqlash, ulardan foydalanish
yo‘riqnomalariga asosan faoliyat olib borish, foydalanuvchilar tomonidan
axborot-kutubxona markaziga va unda saqlanayotgan axborot-kutubxona
resurslariga yetkazilgan zararni qonun hujjatlariga va ichki tartib-qoidalarga
muvofiq qoplash turlarini va miqdorini belgilash;
Hududiy
axborot-kutubxona markazi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
15. Markaz quyidagilar uchun javobgar:
Hudud aholisiga
axborot-kutubxona fondlaridan foydalanishlari uchun joriy qilingan yuqori
samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali axborotlarni olish,
axborot-resurslar bazasidan foydalanishlari uchun qulayshart-sharoitlar
yaratish;
barcha turdagi
foydalanuvchilarga axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar
ehtiyojlariga muvofiq axborotlarni olish uchun sharoitlar yaratish;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona markazlari
hududdagi axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi,
sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda belgilangan
muddatlarda Hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;
Uchko‘prik
tuman axborot-kutubxona
axborot-kutubxona fondini doimiy to‘ldirib boradi;
foydalanuvchilarga
qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha xizmatlar turlari,shu jumladan pullik
xizmatlar to‘grisida to‘liq ma’lumot berish;
pullik xizmatlar
ro‘yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida o‘rnatilgan tartibda
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar
so‘roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari bo‘yichama’lumot berish;
intellektual mulk
sohasida qonunchilikka rioya qilish;
Markazning
moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan maqsadli foydalanish.
V. Markazni boshqarish
16. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona o‘z
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining "Axborot- kutubxona faoliyati
to‘g‘risida"gi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.
17. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona Nizomi Hududiy
axborot-kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali hududiy moliya bo‘linmasi
bilan kelishgan holda hududiy axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan
tasdiqlanadi.
18. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatiga
mahalliy hokimlik va Agentlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan hududiy
axborot-kutubxona rahbari tomonidan tavsiya etilgan, belgilangan tartibda
Agentlik bilan kelishgan holda Milliy kutubxona direktori tomonidan
tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
19. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi direktori umumiy
rahbarlikni olib boradi hamda hududiy axborot-kutubxona markazi direktoriga va
Agentlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘iga hisobot beradi.
VI. Markazning mol-mulki va mablag‘lari
20. Markazning moliyaviy mablag‘lari:
byudjet
mablag‘lari;
pullik xizmatlar
ko‘rsatish orqali olinadigan byudjetdan tashqari mablaglar;
qonun hujjatlarida
ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
21. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazi balansidagi bino va
inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar davlat mulki
hisoblanadi.
22. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markaziga biriktirilgan,
boshqarish huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish,
saqlash, hisobdan chiqarish masalalarini nazorat qilish qonunchilik doirasida
amalga oshiriladi va yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.
VII. Markazni qayta tashkil etish va tugatish
23. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil
etish va tugatish (qo‘shish, bo‘lish, o‘zgartirish, muvofiqlashtirish,
optimallashtirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil
etishda barcha hujjatlar (moliya-xo‘jalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqa
hujjatlar)qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
25. Uchko‘prik tuman axborot-kutubxona markazini tugatishda uning
arxiv hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunchilikda belgilangan
tartibda topshiriladi.
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!