
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
Uchkuprik_akm@natlib.uz
+998903437118


Muallif:
Til:
Yozuv:
Sahifalar soni:
Nashriyot uyi:
Nashr qilingan yil:
Adadi:
Iste'dodli yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani behad zavq-shavq bilan o'qiladi.
Unda ovloq cho'l qo'ynidagi cho'lquvarlarning hayotiy kechinmalari goh kulgili, goh ma'yus ohanglarda ifoda etilgan. Asarning g'oyat go'zal va jozibali badiiy tili o'quvchini beixtiyor o'ziga rom qiladi.
Romanning bosh qahramoni — Lolaxon. Taqdir taqozosiga ko'ra u ovloq cho'l qo'yniga kelin bo'lib tushgan Lolaxonning achchiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, xiyonat va nafrat kabi mang'u tuyg'ularni yozuvchi o'ziga xos uslubda, katta talant bilan tasvirlagan.
Odatda, biror asarni, ayniqsa, romanni o'qishni boshlar ekansiz, ongingizda beixtiyor salbiy va ijobiy obrazlar kurashi jonlanadi, lekin qo'lingizdagi bu roman unaqa emas. Romanda to'la-to'kis salbiy yoki mutlaqo ijobiy obraz yo'q. Asardagi har bir obrazning xatolari bilan birga fazilatlari ham borligi romanning yanada ta'sirchan bo'lishiga olib kelgan. Muallif o'tgan asrning eng og'riqli davrini kichik obraz — Samad tilidan hikoya qilish orqali ko'rsatgan. Har qanday davrda ham inson qadr-qimmati, shaxsiyati, shaxsiy hayoti, oriyati hamma narsadan ustun bo'lishi lozimligini, aks holda insonlar o'rtasidagi axloqiy munosabat barbod bo'lishi mumkinligini Lolaxon timsoli orqali anglatgan.
Shuningdek, adib Lolaxonning taqdiri va o'zlashtirilgan yer misolida inson tabiatini sun'iylashtirishga urinishning fojiaviy oqibatlarini ochib bergan. Ayrim insonlarning tomirida qon bo'lib oqayotgan soxtalik, riyokorlikni ayovsiz fosh qiladi.