Kitob tavsfi
Ikki jins vakilining umr bo‘yi birga yashashi ham mashaqqatli, ham yoqimlidir.
Mashaqqatli tomoni: insonning noaniq fe’l-atvori va qat’iyatsizligi, osonlikcha “ramka”ga tushmasligi munosabatlarga putur yetkazadi.
Yoqimli tomoni: nima bo‘lishidan qat’i nazar, inson o‘z qalbiga mos qalb topishi orqali shodligi va baxtini orttiradi, qayg‘u va tashvishlarini kamaytiradi.
Ayrim oilalarda muhabbat yo‘qolib, muhabbatning esa nikohga yetolmayotgan bugungi zamonda yozuvchi va psixoterapevt Senai Demirji bu borada psixologik tadqiqot olib bordi.
Va izlanishlari natijasida yangi eshiklarni ochib, “Keling, turmush o‘rtog‘imiz bilan ideal oila quraylik!” degan g‘oyani ilgari surdi.
Hech qachon unutmasligimiz kerak bo‘lgan haqiqatni eslatdi: nikohimizga ma’no va muhabbat bag‘ishlash o‘z qo‘limizda! Muhimi — bor narsamizning qadriga yetish va imkoniyatlardan unumli foydalanishdir.