Nazar Shukur o'tgan asrning 80-yillari o‘zbek she'riyatiga shiral i va yuksak ovozi bilan dadil kirib keldi. Uning she’rlari tezda kitobxonlar, munaqqidlar va ustozlar nazariga tushdi. Bunga sabab uning she’rlaridagi samimiyat, soddalik bilan birga teran ma’noning uyg‘unligi edi. Shoir qalbi uning she’rlarida aks etardi…
Ming afsuski, bevak t, fojiali o‘lim shoirni oramizdan erta olib ketdi. Ammo u qoldirgan bebaho boylik — go‘zal she’rlari yillar silsilasiga dosh berib yashab kelmoqda.