Hayotning bebaho-ligi, nurining tuganmas va abadiyligi, o‘tayotgan har lahzaning qadrli ekani — inson tafakkurini hamisha idrok etishga chorlab keladi. Bu dunyoda baxtning ham, baxtsizlikning ham shifosi bor. Kim umrini qanday va qanaqa yo‘sinda yashab o‘tishi — faqat o‘ziga bog‘liq.
Ushbu asar bizni hayotga teranroq qarashga, yuksaklikka intilish bilan orzularimizni ro‘yobga chiqarish hamda vaqtni isrof qilmaslikka da’vat etadi. Buning uchun sevimishga shoshilmasligimiz, nafas olishimizda esa muhabbat bo‘lmog‘i lozim.