Kitob tavsfi
Komil Sindarovning "O‘zbek detektivi" seriyasidagi kitoblari butun o‘quvchisini ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi.
Yozeuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar mutolaasidaёk muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni ta’kidlamishimizning sababi – aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffaqiyati garovididir. Yozeuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy voqelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko‘rsatish, so‘zsiz, qo‘l siltab qo‘yadigan mavzu emas.
Navbatdagi – mazkur o‘ninchi kitobda ham muallif avvalgi qahramonlar ishtirokini ta’minlagan. Farqi – jinoyat turi, ishning boshqachiligi, rakurs o‘zgarganligi, yozuvchining xulosasi. Ish jarayonlari sabab tergovchi “surgun”ga uchraydi. Ammo malakali xodim ish ham, joy ham tanlamaydi. “Surgun”da ro‘baro‘ bo‘lgan murakkabliklarga o‘z salohiyati va sinchkovligi bilan echim topadi. “Oshirilmaydigan jinoyat bo‘lmaydi, chunki jinoyatchi har qancha ustomon bo‘lsa-da, albatta, bitta xato qiladi va iz qoldiradi” – tergovchi Rahmonovning kasbiy shiori qanchalik haq va haqiqat ekanligini mutolaa yakunida bilib olasiz.
Darvoqe, “Tergovchi” degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining o‘nta kitobini o‘z ichiga oladi.